TOSHKENT VA ANQARA ENDI – QARDOSHDIR!

Qardoshlik rishtalari nafaqat insonlar balki mamlakatlar va shaharlar orasida ham yolga qoyilishi mumkin va bu rishta ikki mamlakat fuqarolarining yanada yaqinlashishiga, bordi-keldisiga sababchi boladi. Shuni quvonch bilan aytish mumkinki, keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari yuqori bosqichga ko‘tarildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga tashrifi davomida 30 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 3,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi. Ayni paytda O‘zbekistonda 500 ga yaqin turk firma va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda, o‘zaro savdo aylanmasi 2 milliard dollarga yetgan.

Ikki davlat munosabatlarida Toshkent va Anqara shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ayni hamkorlikning yanada taraqqiy etishidan har ikki tomon manfaatdor. 2019 yilning 16 sentabr kuni Toshkent va Anqara shaharlari munosabatlari tarixida unutilmas kun bo‘lib qoldi. Shu kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev hamda Anqara shahri hokimi Mansur Yavash qardoshlik, o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim hujjat “Birodarlashuv aloqalarini o‘rnatganlik haqida”gi memorandumni imzoladi.

Malumot ornida aytish mumkinki, Anqara shahrida O‘zbekiston nomli 3 ta, Toshkent deb yuritiluvchi 12 ta, Samarqand nomli 8 ta va Buxoro deb ataluvchi 11 ta ko‘cha bor.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir