SAMARQAND – SEHRLI DIYOR!

Serquyosh Ozbekistonning eng gozal va qadimiy shaharlaridan biri bolgan Samarqand ozining tarixiy obidalari, milliy taomlari, dunyoga mashhur Samarqand noni, qolaversa, kopmillatli bagrikeng xalqi bilan dunyoning koplab mamlakatlaridan kelgan sayyohlarni oziga maftun qilmoqda. Samarqanh haqida koplab tarixiy rivoyatlar bitilgan. Bugun sizlarga mashur samarqand noni haqidagi ushbu hikoyani misol keltirmoqchimiz.

Samarqand nonlari qadimdan ajoyib mazasi bilan dong taratgan. Hozirgacha ham hech kim Samarqanddan Samarqand nonisiz kelmaydi. Aytishlaricha haqiqiy Samarqand noni 3 yilgacha aynimas ekan. Uni ancha vaqtdan keyin ham yuziga suv purkab, tandir yoki pechda isitib tanovvul qilish mumkin.Samarqand nonini qadimda Buxoro amiri ham juda xush ko‘rgan ekan. Shu sababli, amir ushbu nonni o‘z saroyida yopishlarini istabdi. Saroy a’yonlari Samarqanddan eng yaxshi nonvoyni olib kelib, unga Samarqand nonini yopishni buyuribdilar. Nonvoy ular aytganidek qilibdi. Ammo uning barcha urinishlariga qaramay, nonning na mazasi, na yumshoqligi Samarqandda yopgan nonlaridek chiqmabdi. Shunda nonvoy: “Hamma gap Samarqand suvida, yoki unida, balki Samarqand tuprog‘idan yasalgan tandirda bo‘lsa kerak”, — debdi. U aytganidek qilib, Samarqand suvini ham, uni va tandirini ham keltirishibdi. Lekin bu gal ham tandirdan chiqqan non ko‘ngildagidek bo‘lmabdi. Shunda nonvoy: “Nonlarimning Samarqanddagidek chiqishi uchun Samarqand havosi ham zarur bo‘lsa kerak” — debdi. Samarqand havosini olib kelishning iloji yo‘qligini tushungan amir nonvoyni ortiq qiynamabdi. Amir sevgan Samarqand nonini esa yana Samarqanddan keltirishni davom ettirishib-di…

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir