O`RTA OSIYO HAQIDA QISQACHA!

Inson bolasi aqlini tanishi bilan dunyoni anglashga urinadi. Bilim – insonning moddiy va manaviy boyishiga yordam beradi. Bugungi kunda, texnologiyalarning rivojlanishi, davlatlar chegaralarining ochilishi turli mamlakatlar fuqarolarining bir-birlari bilan bordi-keldi qilishiga yordam bermoqda. Tabiiyki, bu holat sayyohlarning geografik bilimlarining boyishini naqozo etadi. Bugun sizga Orta Osiyo haqida qisqacha malumot berib otmoqchimiz! 

O‘rta Osiyo – Yevrosiyo materigining 14 ta tabiiy geografik o‘lkalaridan biri bo‘lib, g‘arbda Kaspiy dengizi, sharqda Tyanshan tog‘lari, shimolda Qozog‘iston  past tog‘larining etaklari, janubda Hindukush  va Turkman-Xuroson tog‘lari bilan chegaralangan, asosan Orol va Balxash ko‘llarining berk havzalariga to‘g‘ri keladi.

Demak, O‘rta Osiyo o‘lkasi tabiiy geografik xususiyati va chegaralari asosida ajratiladigan hududiy birlik hisoblanadi. O‘rta Osiyoning tabiiy chegaralari doirasida 4 ta mamlakat, ya’ni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston butunligicha joylashgan, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining markaziy va janubi-sharqiy, Afg‘oniston va Eronning shimoliy, Xitoyning esa chekka shimoli-g‘arbiy qismi  ham O‘rta Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni esa ayni davlat chegaralari bo‘yicha ajratiladigan hududiy birlik hisoblanadi. 

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir