Turk siyosatchisi, diplomat, tadbirkor va Turkiya Tashqi Ishlar Vaziri Mevlut Chavushog`li 1968 yilning 5 fevral kuni Antalyaning Alanya tumaniga qarashli “Turklar” qishlog`ida tug`ilgan. Millati yoruk. U xususiy H. Emin Pasha litseyini tamomlagach, 1988 yilda Anqara Universitetining Siyosiy bilimlar fakultetining xalqaro munosabatlar bo`limini bitirgan.
Mevlut Chavushog`li ingliz, yapon, rus va nemis tillarida erkin so`zlay oladi. Oilali, bir nafar farzandi bor.