PALOV – TAOMLAR SHOHI!

O`LDIRSA HAM OSH O`LDIRSIN!

Har bir millatning o` sevimli taomi bor. Jumladan, o`zbek xalqining ham.

Palov – o`zbeklarning eng sevimli va to`yimli milliy taomidir. Har bir oilada kamida ikki marotaba palov pishiriladi. Odamlar xursandchilik kunlarida, uyga mehmon kelganda, to`ylar va azali kunlarda ham palovsiz marosim o`tkazmaydilar.

O`zbeklar uchun palov nafaqat milliy taom, balki haqiqiy san`at asaridir. Chunki, har bir viloyatning o` ziga xos palovi bor.

Bundan ikki yil oldin Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida rekord miqdordagi palovning og‘irligi 6 tonnani tashkil etgandi. Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bo‘lgan qozonda pishirildi. Ushbu qozon Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mazkur tadbir uchun maxsus quyib tayyorlangan. Qozonning umumiy og‘irligi 7 070 kg, chuqurligi 1 metr. O‘choqning og‘irligi esa deyarli 3 tonna.

Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 826 kg mol go‘shti, 825,5 kg qo‘y go‘shti, 195 kg dumba va eng asosiysi, 1 650 kg guruch qozonga solindi. Shuningdek, 2,4 ming kg sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr o‘simlik yog‘i, 480 kg tuz ham ishlatildi hamda 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg no‘xat va 3 kg qora murch bilan palovning ta’mi rostlandi.

Ushbu palovni tayyorlash uchun O‘zbekistonning 50 dan ziyod taniqli oshpazlari jam bo‘lishdi. Ular taomni 2 metrli kapgirda aralashtirib, suzishdi.

Tayyor taom tadbir mehmonlari hamda Olmaliqning 22 mingdan ziyod aholisiga tarqatildi. Umumiy hisobda mega palovni tayyorlash, tarqatish – tashkilotchilik ishlarida 150 kishi hissa qo‘shdi.

         Ana shunaqa gaplar!

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir