AMASYA HAQIDA NIMA BILASIZ?

AMASYA – SHAHZODALAR SHAHRI!

Shahzodalar shahri Amasya – Qoradengiz havzasida joylashgan.

Amasya shahri Hititlar davrida tashkil topgan nodir shaharlardan biridir. 3000 yillik o’tmishga ega bo’lgan shahar Yashilirmoq daryosi sohilida joylashgan. Daryoning burilishlari qal’ani dushman hujumidan himoya qiladi. Amasya qal’asining daryoga tomon joylashgan yonbag’rida qoyaliklarga o’yilgan qirol ramziy mozorlari joylashgan.

Tarixiy manbalarda yozilishicha, afsonaviy ayol qabilasi Amazonlarning qrolichasi Amasis ham Amasyada tug’ilgan. Baland burchaklari bilan e`tiborni o’ziga jalb qilgan qal’aning daryo tomondan ham himoya qilinishi qal’ani bir qancha ishg’ol harakatidan saqlab qolgan.

Sohibqiron Amir Temur Anadolu safarida Amasyani qo’lga kirita olmagani aytiladi. Amasyaning bu xususiyati bilan Usmoniy Imperatorligi takror oyoqqa turgan. Yildirim Boyazit 1402 yili Ankara urushida Amir Temurga mag’lub bo’lishi bilan Usmoniy davlati murakkab jarayonni boshidan o’tkazadi.

4 shahzoda boshqa hududlarda o’z xukmdorligini e’lon qiladi.  Shahzodalarning eng kenjasi bo’lgan Chalabiy Mehmet bu murakkab jarayondan muvaffaqiyatli o’tib, Usmoniy Imperatorligini takror birlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Chalabiy Mehmetdan keyin nabirasi Fotih Sulton Mehmet ham Amasya hokimi vazifasidan so’ng, taxtga o’tirishga tayyorlanadi. Yuvoz Sulton Selim ham Amasyaga hokimlik qilgan shahzodalardan biri hisoblanadi.

Amasyada yetishtirilgan qishloq-xo’jaligi mahsulotlaridan eng mashhuri olma hisoblanadi. U yerda yetishgan olmalar lazzati bilan ajralib turadi. Kichkina bo’lishiga qaramay lazzati shirin bo’lgan Amasya olmalari bir qancha davlatlarga eksport qilinadi.

Farhod va Shirin afsonasi Amasya xalqi orasida keng tarqalgan. Afsonaga ko’ra, Farhod mashhur rassom bo’ladi. Yangi saroy qurdirgan Sulton Farhodga saroyga bezak berishini buyruq beradi. Bor hunarini ishga solgan Farhod kunlardan bir kuni saroyni tomosha qilish uchun kelgan Shirinni ko’rib qoladi. Va unga oshiq bo’lib qoladi. Sulton qizini oddiy rassomga berishni xohlamaydi. Lekin, qizining ham Farhodda ko’ngli borligini bilgach, bunga qarshi chiqa olmaydi. Sulton Farhoddan olma tog’ini teshib, Amasyaga suv olib kelishini buyuradi. Xalq suvga tashna bo’ladi. Shirinning ishqida yongan Farhod bu vazifani qabul qiladi va darhol yo’lga otlanadi. Uzoq yillar mobaynida ko’rsatgan g’ayrati o’z natijasini beradi va tog’ni teshib suv chiqargan Farhod shahar aholisini qurg’oqchilikdan qutqarib qoladi. Va nihoyat Shirinning visoliga yetadi.

Amasyada Farhod va Shirinning xotirasiga atab Oshiqlar muzeyi tashkil qilingan. Hozirda bu muzey sayyohlarning e’tiboridan joy olgan.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir