BAYRAM MUBAREK KARDASHLAR!

3 – oktyabr Turkiy tillarda so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik,  birlik, birdamlik va hamjihatlik kunidir.

Turkiy tillarda so’zlashuvchi mamlakatlar kengashiga 2009-yilning 3-oktabri kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida asos solingan.  

Shartnomaga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida qo’l qo’yilgan va unga asos solingan kunning har yili “Turkiy tillarda so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kuni” sifatida nishonlanadi.

Turkiy tillarda so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kunining o’ninchi yilligini 15-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda uyushtiriladigan Turk kengashining VII Sammitida O’zbekistonning ham toliq a’zoligiga va Turk kengashining Yevropadagi ofisining o’z faoliyatini boshlashiga birlik, birdamlik va hamjihatlik asos bo`lgan.

 Kengash bilan hamkorlik ichida faoliyat olib borgan TÜRKPA, TÜRKSOY, Turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi jamg’armasi, Turkiya ishbilarmonlik kengashi va Turk kengashi qo’shma savdo-sanoat palatasi orqali a’zo davlatlar o’rtasidagi munosabatlar yanada kengroq zaminga o’rnatildi. Do’st va qardosh Turk respublikalarining mushtarak til, tarix va madaniyatidan kuch olgan Turk kengashi Yevroosiyo hududida tinchlik, barqarorlik va farovonlikka muhim hissalar qo’shish maqsadida kelajak tomon yo’l olmoqda.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir