EDEP – OZBEKLERIN DEGERIDIR!
Rivoyat qilishlaricha, suv, olov va odob uchalasi do’st tutinishibdi. Azbaroyi bir-birini qattiq yaxshi ko`rganidan ajralib ketishdan juda qo’rqishar ekan.
Shu boisdan bir kuni ular suvdan so’rashibdi: Mobodo, yo’qolib qolsang, seni qayerdan topamiz? Qayerda shovullagan ovoz eshitilsa, men o’sha joyda bo’laman, — debdi Suv.
So’ngra Olovdan so’rashibdi: Bordi-yu, seni yo’qotib qo’ysak, qayerdan topamiz? Qayerda tutun ko’yarilsa bilinki men o’sha joyda bo’laman.
Navbat Odobga kelganida u: Meni yo’qotsangiz, izlab ovora bo’lmang, hech qayrdan topolmaysiz, – deb javob beribdi.