TURKIYEYE HOS GELDINIZ!

Orangizda bir bor bo`lsa-da, Turkiyaga sayohat qilishni istamaydiganlar bo`lmasa kerak.

Aslida ham, Turkiya shunday bir sehrli diyorki, u o`zining betakror tarixiy obidalari, lazzatli taomlari, go`zal musiqa san`ati, milliy hunarmandchiligi, totli shirinliklari, qolaversa, turistlarni lolu-hayron etadigan manzil-u-maskanlari bilan mashhurdir.

Bir so`z bilan aytganda, Turkiya har qanday nozik didli sayyohni ham o`ziga maftun qila oladi.

Antalya – Turkiyaning eng issiq va turistlarni ohangrabodek o`ziga tortuvchi eng go`zal viloyatlaridan biri. Antalyaning umumiy aholi soni 2 million 426 ming 358 deb hisoplandi.

Alanya Antalyadagi mo`jazgina tumanlaridan biridir. Turkiya statistika tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, 2018 yil oxiriga kelib, Alanyadagi aholi soni 312 ming 319 nafarni tashkil etgan.

Qo`shni tuman Gaziposhshada aholi soni ellik mingdan oshgan. Manavgatning aholisi 230 ming 597 nafar bo`lsa, Serik tumanida 124 ming 335 nafarga yetganligi ma`lum qilingan.

         Alanyanining 8 oylik sayohat mavsumi bor. Shunday bo`lsa-da qishin-yozin turistlarning qadami uzilmaydi.  Alanyaning yoz davomida issiq, qishdagi mo`tadil havosi bir bora sayohatga kelgan xorijliklarning bu yerdan uy-joy sotib olib doimiy yashab qolishiga sabab bo`lmoqda.

Ayni payt xorijliklar hisobiga aholi soni 500 ming nafarga yaqinlashgan.

Apelsin, mandarin, avokado, banan, limon kabi meva va sabzavotlar Alanyada yetishtiriladi.

Oq dengizning eng uzun plyajlariga sohib bo`lgan Alanya plyajlari tozaligi bilan mashhur. Shu bois bu yerdagi plyajlarga “Moviy bayroqli plyajlar” statusi berilgan.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir