BIR FINCAN KAHVENIN KIRK YIL XATIRI VAR!

Quyqasi va ko`pigi bilan sevib ichiladigan dunyodagi yagona qahva turi – turk qahvasidir…

Turk qahvasi – turklar uchun shunchaki ichimlik emas. Balki, turk madaniyatining ajralmas bir bo`lagi hisoblanadi. O`zbeklar uchun choy ichish qanchalik muhim bo`lsa, qahva ham – turklar uchun shunchalik ahamiyatlidir.

Turkiyada an`anaga ko`ra, turli marosimlarda, jumladan, sovchilikka borilganda, mehmonlarga albatta turk qahvasi tortiladi.  Bundan tashqari yemakxonalardagi tamaddidan so`ng, yoki bo`lmasa do`stlar diydorlashuvini turk qahvasisiz tasavvur qilish mumkin emas.

 “Bir finjon qahvaning qirq yillik xotiri bor”, deyiladi turk maqollarida. Buning ma`nosi quyidagicha:

Insonlar boshqalar tomonidan ko`rsatilgan yaxshilikni garchi u tirnoqcha bo`lsa ham osonlikcha unutmaydilar. Bir insonning boshqa bir inson uchun chin ko`ngildan  qilgan eng kichik yaxshiligining ham hurmati buyukdir, aslida. Sizni ochiq yuz-la qarshi olib, bir fincon qahva bilan bo`lsa-da mehmon qilgan insonni doim yodda tutishingiz va uni sira ham unutmasligingiz kerak.

Zero, Yaxshilik qaysi ko`rinishda bo`lmasin, u baribir yaxshilikdir!

Bir finjon qahvaning qirq yillik xotiri bor…

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir