AHMED YASSEVI HIKMETI

Beshak biling bu dunyo, barcha eldin o’taro,
Inonmag’il molingg’a, bir kun qo’ldan ketaro.
Ota-ona-qarindosh, qayon ketdi fikr qil
To’rt oyog’liq cho’bin ot bir kun sanga etaro.

Dunyo uchun g’am ema, haqdin o’zgani dema,
Kishi molini ema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh, hech kim bo’lmaydir yo’ldosh,
Mardona bo’l g’arib bosh, umring eldek o’taro.

Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil
Asling bilsang, obi gil, yana gilga ketaro.

Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog`ida Shayx Ibrohim xonadonida tug`iladi.  Yetti yoshida otasidan, so`ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob ismli kishining qo`lida hamda Buxoroda tarbiya va tahsil oladi.

Buxoroda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o`rganib Turkistonga qaytadi va o`z tariqatiga asos soladi. U so`fiylik g`oyalari, shuningdek o`z tariqati asoslarini targ`ib etishda she`rlaridan foydalanadi.

         Bismilloh deb bayon aylab, hikmat aytib,

         Toliblarg`a durru gavhar sochdim ma`no.

         Riyozatni qattiq tortib, qonlar yutib,

         Man daftari soniy so`zin ochdim ma`no.

         So`zni aytdim har kim bo`lsa diydor talab,

         Jonni jonga payvand qilib, rangni ulab.

G`arib, faqir yetimlarning ko`nglin ovlab,

Ko`ngli qattiq haloyiqdan qochdim ma`no.  

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir