AŞHABAD – TÜRKMANİSTAN BAŞKENTI

Turkmaniston poytaxti Ashxobod aholisi million kishidan oshdi.

Ayni paytida shaharda oltita etrap (tuman) bor. Ularning so‘nggi ikkitasi — Obodon va Ruhobod etraplari shahar tarkibiga 2013 yilda qo‘shilgan. Shaharning yangi ma’muriy birliklari Axal viloyati hududi hisobiga shakllantirilgan edi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi 6,2 million kishini tashkil etadi.

Ashxobod — Markaziy Osiyoning aholisi milliondan oshgan beshinchi shahri bo‘ldi.

Ungacha Markaziy Osiyoning aholisi million kishidan oshgan eng yirik shaharlari — Toshkent (2,465 mln.), Olma-ota (1,806 mln), Ostona (1,036 mln), Chimkent (1,005 mln.) hisoblab kelinmoqda edi. Yaqin kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olishi mumkin.

Bu shahar aholisi 995 ming kishini tashkil etmoqda. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri aholisi 820 ming kishini tashkil etadi.

Bovinya Perde Alanya

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir

×