ÖZBEKİSTAN CUMHURBAŞKANI – YILIN EN İYİ BAŞKANI SEÇİLDİ

2018 yilning 27 dekabrida O`zbekiston xalqini sevintirgan xabar kelgandi. 

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning moliyaviy-iqtisodiy “Tursomoney” nashri tomonidan tuziladigan har yilgi reytingda “Yil xorijiy davlat arbobi” sifatida tan olindi. Bu haqda Istanbulda Turkiya Buyuk Milliy kengashi spikeri Binali Yildirim ishtirokida oʻtkazilgan tantanali marosim davomida eʼlon qilingan.

Xabarga koʻra, Shavkat Mirziyoyev bu yuksak eʼtirofga tashqi dunyo, xususan, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalar va oʻzaro hamkorlikning mustahkamlanishiga, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida va uning atrofida hamkorlikni jadal tus olishiga qoʻshgan muhim va amaliy xizmatlari tufayli munosib topilgan.

Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, mazkur reyting ikki asosiy — “Yilning xorijiy davlat arbobi” va “Turkiyaning atoqli davlat arbobi” — nominatsiya va 6 ta yoʻnalish boʻyicha belgilanadi.

Kollegial komissiya va hakamlar hay`ati qarori Turkiya hamda chet el siyosatchilari, biznes vakillari faoliyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida qabul qilinadi. Hakamlar tarkibiga jurnal ekspertlari, Turkiya hukumati va parlamenti aʼzolari, mamlakat mintaqalari vakillari kiradi.

“Turkiyaning buyuk davlat arbobi” va yilning eng asosiy ikkinchi nominatsiyasi boʻyicha gʻolib sobiq Bosh vazir va Turkiya parlamentining amaldagi spikeri Binali Yildirim boʻldi. Tantanali marosimda Yildirim Oʻzbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan barcha sohadagi chuqur islohotlarga yuqori baho bergan.

Bovinya Perde Alanya

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir

×