SICAKGÖL MUCİZESİ

Qirg’izistonning Issiqko’lini Markaziy Osiyo durdonasi deyish mumkin.

Shimoliy Tiyonshon tog’ tizmalari orasida joylashgan suv havzasi kurramizning 25 yirik ko’llari sarasiga kiradi. Chuqurligi bo’yicha oltinchi o’rinda turadi.

 Issiqko`l suvining tozaligi va juda tiniqligi bilan tengi yo’qdir. Sababi ko`l atrofida sanoat korxonalari, tevarak-muhitni bulg’ovchi inshootlar yo’q.

Issiqko’lni o’rab turgan tog’ tizmalari yam-yashil ulug’vor o’rmonlar bilan qoplangan.

Noyob tog’ va dengiz iqlimi ushbu shifobaxsh maskanga yuz minglab sayyoh hamda dam oluvchilarni jalb qiladi.

Sayohatchilar – mahalliy aholi va davlat xazinasiga yaxshigina daromad keltiradi. Ko’plab horij o’lkalarining fuqarolari uchun Qirg’izistonga tashrif buyurishga viza talab qilinmaydi.

Issiqqo’lda dam oluvchilarning asosiy qismi Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi fuqarolaridan iborat bo’lib, joriy yil, Toshkent – Tomchi aviayo’nalishi ochilishi sababli, o’zbekistonlik sayyohlarning safi borgan sari oshmoqda.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir