ÖZBEKİSTANDA VİZA MÜDDETİ – 90 GÜN

Endi xorijliklar O‘zbekistonga kelganidan boshlab viza muddati boshlanadigan bo‘ldi. Bu sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

O`zbekiston Prezidentning 2019-yil 28-maydagi PQ-5731-son qarori bilan elektron kirish vizasining yangi tartibi o‘rnatildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bergan.

 

28-maydan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, endi elektron kirish vizasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelgan paytdan boshlab 30 kungacha bo‘lgan muddatga beriladi. “E-VISA” viza berilgan paytdan boshlab 90 kun davomida amal qiladi.

Bungacha esa xorijiy fuqaroga elektron viza O‘zbekiston hududida 30 kungacha bo‘lish muddatiga bir marta kirish uchun berilar edi. Chet ellik fuqaro O‘zbekistonga viza muddati boshlangan paytdan keyin kirsa va 30 kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, bu muddat uzaytirilmas edi.

 

Aytaylik, AQSh fuqarosi 30 kunga berilgan elektron vizaning 10-kunida O‘zbekiston hududiga kirsa, unda faqatgina 20 kunlik muddat qolardi. U bu muddat tugaganidan keyin mamlakatni tark etishi talab etilardi.

Endichi? Xorijlik fuqaro vizani qachon olganidan qat’iy nazar O‘zbekiston hududiga kirganidan boshlab viza muddati amal qiladi. Ya’ni u bir oy to‘liq O‘zbekiston hududida qolishi mumkin bo‘ladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasishga ko‘ra, bunday o‘zgarish kiritilishi turistlarga yanada qulayroq sharoit yaratish, sayyohlarning mamlakat hududida qolish muddatini uzaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, elektron viza olishni tezkor va sodda ravishda e-visa.gov.uz sayti orqali rasmiylashtirish mumkin. Bugungi kunda uni 75 davlat fuqarolari olishi mumkin.

Bovinya Perde Alanya

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir

×