BANANIN MUCIZESİ

              BANANNING FOYDALARI

Bananning mingga yaqin turi bor, lekin ularning hammasi ham iste’molga yaroqli emas.

Banan – eng keng tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlaridan biri. U ommalashganligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Oldingi o‘rinlarda guruch, makkajo‘xori va bug‘doy turadi.

Bir gektar banan maydonidan 40 tonnagacha hosil olish mumkin.

6 Good Reasons to Eat a Banana Today

Yillik hosil vaznining og‘irligi bo‘yicha banan apelsindan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Eng ko‘p banan yeydigan odamlar Afrikadagi Burundi mamlakati aholisi hisoblanadi. Bu yerda har bir kishi yiliga 200 kilogrammga yaqin banan iste’mol qiladi.

Hindiston – eng ko‘p banan yetishtiruvchi mamlakat.

Yangisiga qaraganda quritilgan bananning kaloriyasi besh karra ko‘proq bo‘ladi.

Banan – eng radioaktiv meva. Uning tarkibida kaliy radioaktiv izotoplari miqdori ko‘p. Lekin buning xavotirlanarli joyi yo‘q. Bu radiatsiya har qancha ko‘p banan iste’mol qilinsa ham, inson organizmiga zarar yetkazmaydi.

Banan yetilib pishsa, mazasi shirinroq bo‘ladi. Ular uzilgan paytda yashil tusda bo‘ladi.

Eng ko‘p banan eksport qiluvchi mamlakat – Ekvador.

Bananning pishib yetilishi uchun naviga qarab 10 oydan 18 oygacha vaqt kerak bo‘ladi.

Banandan un, ketchup kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi. Banan ketchupi Filippinda, Ikkinchi jahon urushi paytida ommalashgan.

Banan po‘chog‘idan sovun tayyorlashda foydalaniladi.

Banan tarkibida A, S, YE, B12 vitaminlari, riboflavin, tiamin, niatsin, foliokislota, temir, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, mis, rux, ftor kabi minerallar va boshqa oziq moddalari juda ko‘p.

Banan tushkunlikka qarshi samarali vositadir. Chunki uning tarkibida ko`p miqdorda triptofan moddasi bo`lib, u organizmda serotonin – baxtiyorlik gormonini ishlab chiqaradi. Shuning uchun banan eb, kayfiyatni osongina ko`tarish mumkin.

Banan, hattoki, chaqaloqlarda ham allergiya bermaydigan meva hisoblanadi.

Suyaklarni mustahkamlaydi. Bananlar organizmdagi kalsiyni ushlab qoladi. Bu, ayniqsa, qahva ichishni yoqtiradiganlar uchun muhimdir, chunki qahva organizmdan kalsiyni yuvib chiqaradi.

Ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Banan yeganda asosiy ovqat bilan organizmga tushuvchi uning tarkibidagi fermentlar tufayli ovqat tezroq hazm bo`ladi.

Bu meva ich qotishidan aziyat chekuvchilar uchun juda foydali. Ularni muntazam ravishda iste`mol qilish sizni bu muammodan xalos etadi.

Jig`ildon qaynashi muammosini bir dona banan bilan bartaraf etish mumkin!

Banan iste`mol qilganda u oshqozon devorlarini o`rab oladi va shu tariqa uni oshqozon shilliq pardasini agressiv moddalar va ozuqadagi kislotalardan saqlaydi. Bu esa oshqozondagi yaralarning bitishiga va to`qimalarning tez tiklanishiga yordam beradi.

Bu meva tarkibida kaliy moddasi ko`p miqdorda bo`lib, jismoniy mashg`ulot bilan muntazam shug`ullanuvchilarga oyoq mushaklari tortishib qolishi holatlarining oldini olishda yordam beradi.

Yaxshi quvvat manbai! Jismoniy mehnat bilan shug`ullanish oldidan banan iste`mol qilisangiz, ishingiz unishi turgan gap. Banan organizmdagi shakar miqdorining tez ko`tarilishiga yo`l qo`ymaydi va tanadagi quvvat ketmaydi.

Banan ayollar uchun foydali. Banan tarkibidagi serotonin hayz ko`rish davrida ayollarning yomon kayfiyat va yoqimsiz holatlardan holi bo`lishlariga yordam beradi.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir