ÖZBEKİSTAN SPORU BAŞARILARI

Ozbekıston 1991 yilda mustaqillikka erishganidan so’ng sport sohasiga alohida etibor qaratila boshlandi.

– 1993 yilda O’zbekiston Xalqaro Olimpiya qo’mitasi azoligiga qabul qilindi.


– 1994 yil – O’zbekistonlik futbolchilar Xirosimida Osiyo o’yinlarida g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Bu hozircha o’zbek futboli tarixidagi eng katta yutuq hisoblanadi.




– Mustaqil O’zbekistonga Olimpiadadagi ilk medalni 1994 yilning qishida, Norvegiyaning Lillixammer shahrida bo’lib o’tgan qishgi Olimpiadada Lina CHeryazova fristayl sport turidan taqdim etgan.


– 1996 yili Toshkentda “Olimpiya shon-shuxrati” muzeyi tashkil qilingan. Muzeyning ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya qo’mitasining o’sha paytdagi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishgan.


– 1996 yilda jahon va o’zbek sporti rivojiga qo’shgan hissasi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Xalqaro Olimpiya qo’mitasining oltin medali taqdim etildi.


– 1997-2002 yillar davomida Toshkent sovrin jamg’armasi 500 ming AQSH dollaridan yuqori bo’lgan tennis bo’yicha nufuzli turnir – “Prezident kubogi” musobaqasiga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqalarda o’sha paytdagi dunyoning etakchi tennischilari tashrif buyurishgan.


– 1998 yilda Toshkentda milliy sportimiz bo’lgan Kurash xalqaro associaciyasi tashkil qilindi. Oradan bir yil o’tib esa poytaxtimiz kurash bo’yicha birinchi jahon chempionatiga mezbonlik qildi.




– Muhammadqodir Abdullaev esa 2000 yilda Sidney Olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritgan va shu tariqa yozgi Olimpiya o’yinlarida oltin medalni qo’lga kiritgan ilk o’zbek sportchisi sifatida tarixda qoldi.




– 2000 yilda mamlakatimizda uch bo’g’inli – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va ”Universiada” sport o’yinlariga asos solindi. Takidlab o’tish lozimki, bunday turdagi musobaqalar dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida o’tkaziladi. Mana shundan ham yurtimizda bolalar va yoshlar sportiga etibor qay darajada ekanligini bilib olsak bo’ladi.


– 2002 yilda “O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” tashkil etildi.


– Rustam Qosimjonov 2004 yilda Liviyada bo’lib o’tgan shaxmat bo’yicha jahon chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritgan.



– Erkin kurashchimiz Artur Taymazov o’zi qatnashgan to’rtta Olimpiadaning uchtasida oltin, bittasida esa kumush medalni taqdim etib, o’zbek sporti tarixidan munosib o’rin egalladi.


– Bokschimiz Ruslan CHagaev 2007 yilning 14 aprelida Germaniyaning “Porshe-Arena” boks saroyida rossiyalik Nikolay Valuevni mag’lub etdi va WBA chempionlik kamarini qo’lga kiritdi.




– Mirjalol Qosimov mustaqil O’zbekiston tarixidagi eng mashhur futbolchi hisoblanadi. “O’zbekiston iftihori”, “SHuhrat” medali, “Fidokorona hizmatlari uchun” ordeni, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi. Bir necha marotaba O’zbekiston chempioni, Rossiya chempioni, Osiyo o’yinlari g’olibi hisoblanadi.


– Futbol bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 2011 yili Meksikada bo’lib o’tgan jahon chempionatida chorak finalgacha etib borib, dunyoning eng kuchli 8 ta terma jamoasi qatoriga kirishga muvaffaq bo’ldi.


– 2012 yilning oktyabr oyida futbol bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Eronda bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida finalda Yaponiya terma jamoasini mag’lub etgan holda qita chempionligini qo’lga kiritishdi.


– 2012 yilda Toshkentda dunyo standartlariga to’liq javob bera oladigan “Bunyodkor” stadioni foydalanishga topshirildi. Osiyoda eng chiroyli va ko’rkam stadionlardan biri hisoblanadigan ushbu inshoot o’z bag’riga 35 000 dan ortiq muxlisni o’z bag’riga sig’dira oladi.



– 2015 yilda esa  O’zbekistonda xokkey o’yini tiklandi. “Binokor” jamoasi qayta tashkil qilinib, qo’shni mamlakatlarda bo’lib o’tadigan xalqaro turnirlarda ishtirok etishni boshladi. Oradan bir yil o’tib esa, mustaqil O’zbekistonda ilk marotaba xokkey bo’yicha xalqaro o’yin tashkil etildi.


– 2015 yilning bahorida O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasining yangi binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Ushbu bino dunyodagi eng katta, chiroyli va ko’rkam Olimpiya qo’mitalaridan biri hisoblanadi.


– Futzal terma jamoamiz 2016 yilning fevral oyida Toshkentda bo’lib o’tgan Osiyo chempionatining finaligacha etib bordi va shu yili o’zbek futzali tarixida ilk marotaba jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.



– Sport gimnastikachimiz Oksana CHusovitina Olimpiada o’yinlarida 7 marta ishtirok etdi.  Ushbu ko’rsatkich Ginneslar rekordi kitobidan joy oldi.




– Og’ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov 2016 yilning avgust oyida Braziliyada bo’lib o’tgan Olimpiadada oltin medalni qo’lga kiritish bilan birga, Olimpiada rekordini o’rnatdi.

 
– Dzyudochi Rishod Sobirov ham ketma-ket uchta Olimpiadada medal olgan sportchi sifatida o’zbek sporti tarixida o’ziga yarasha natija sohibiga aylandi.




– Rio-2016 o’yinlarida mamlakatimiz sportchilari umumiy hisobda 13 ta medalni qo’lga kiritishdi. Bu Olimpiadadagi eng yaxshi natijamiz hisoblanadi. Ushbu medallarning 7 tasini qo’lga kiritgan bokschimiz sportning ushbu turida umumjamoa hisobida Rossiya, Qozog’iston hamda Kubalik raqiblarini ortda qoldirgan holda birinchi o’rinni egallashdi.



– Olimpiadada oltin medalni qo’lga kiritgan Hasanboy Do’stmatov Rio-2016 Olimpiadasining eng yaxshi bokschisi deb topildi. Takidlab o’tish lozimki, 287 nafar bokschi orasida aynan o’zbek o’g’loni eng yaxshi deb topildi.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir