ŞENGEN VİZASI NEDİR?

Shengen vizasi

Shengen vizasi – bu viza turiga ega chet el fuqarolari vizada ko’rsatilgan muddat mobaynida Latviya hamda Shengen kelishuvi a’zo davlatlari – Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Fransiya, Gretsiya, Estoniya, Islandiya, Italiya, Litva, Lyuksemburg, Mal’ta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ainlyandiya, Ispaniya, Vengriya, Germaniya, Shvetsiya va Shveytsariya hududlarida bo’lishlari mumkin.

Shengen vizasi safar maqsadiga ko’ra 2 kotegoriyada – А и С – beriladi.

  • A kotegoriyasidagi viza Shengen davlati aeropoti xalqaro transit hududidan o’tishga mo’ljallangan bo’lib, u Shengen kelishuvi a’zo davlatlarining to’g’ridan to’g’ri hududlariga kirish huquqini bermaydi.
  • C kotegoriyasidagi viza Shengen kelishuvi a’zo davlatlari bo’lgan 1 yoki undan ko’p mamlakatlarida bo’lish hohishini bildirgan yoki tranzit orqali bir davlatdan ikkinchi davlatga o’tish istagi bor fuqarolar uchun beriladi.

Aeroport tranzit vizasi – kategoriya A

Bu viza Shengen davlati aeroporti xalqaro hududiga kelish uchun berilishi mumkin. Ushbu aeroport transit vizasi Shengen davlati aeroporti orqali bir samolyotdan ikkinchi samolyotga ko’chishi kerak bo’lgan fuqarolar uchun beriladi yoki bir shengen kelishuvi a’zosi hisoblanmaydigan davlatdan ikkinchi Shengen kelishuviga kirmaydigan davlatga yo’l olgan samolyot Shengen davlati aeroportiga qo’nishi kerak bo’lgan holatda zarur bo’ladi.

Xalqaro tranzit hudududa bo’lish huquqini beruvchi aeroport tranzit vizalari to’xtab o’tish uchun o’z davlatlaridan berilgan Avfg’oniston, Bangladesh, Kongo Demokratik respublikasi, Eritrei, Efiopiya, Gana, Iroq, Nigeriya, Pokiston, Somali, Shrilanka fuqarolari yoki boshqa chet el fuqarolari uchun zarurdir. Lekin ushbu mamlakatlar fuqarolari uchun aeroport tranzit vizalari zarur bo’lmaydigan holatlar ham majvud. Har bir vujudga kelgan vaziyat yuzasidan Konsullik mansabdor shaxsi bilan maslahatlashish zarurdir.

Qisqa muddatli viza – kategoriya С

Bu viza Shengen davlatida qisqa muddat mobaynida bo’lib qaytish uchun yoki Shengen davlatlari hududidan tranzit yo’lovchi sifatida o’tish uchun beriladi. Ushbu viza sayoxat maqsadidan kelib chiqqan holda bir marotaba, iki marotaba yoki ko’p marotaba Shengen davlati hududiga kirish uchun beriladi. Vizaning amal qilish muddati 5 yilda oshmaydi. Shengen hududiga kirish vaqti Shengen hududiga kirmaydigan davlat hududidan Shengen davlati hududiga kirilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Chet el fuqarosining Shengen davlati hududida turishi uchun belgilangan eng ko’p muddat Shengen hududiga kirmaydigan davlatdan Shengen davlati hududiga kirilgan vaqtdan boshlab har 6 oy ichida 90 kun hisoblanadi. Bir marttalik va ikki marttalik vizalar amal qilish sanasiga vizada ko’rsatilgan muddatga aloqasi bo’lmagan qo’shimcha 15 kunlik muddat ham mavjud. Bu o’z o’rnida 1 marttalik va ikki marttalik viza olish uchun murojaat qilgan fuqarolar uchun qo’shimcha 15 kun qo’shib berilishini anglatadi.

Vizaning amal qilish muddati mobaynida chet el fuqarosi Shengen davlatiga kirish yoki undan chiqish huquqiga ega, faqatgina vizaning “Sayohat qilish davomiyligi” bo’limida ko’rsatilgan ma’lum sanoqli kundan ortiq yurishi mumkin emas.

Bazi tranzit holatlarida zarur davlat hududidan tranzit sifatida o’tib ketish uchun kerak boladigan muddatni hisoblash orqali vaqtinchalik bo’lib turish muddati aniqlanadi. Tranzit vizasini olish uchun topshrilayotgan hullatlar bilan birga ohirgi boriladigan davlat vizasi (agar shart deb topilsa) ham ko’rsatilishi zarur.

Uzoq muddatli viza – kategoriya D

Latviyada yarim yil mobaynida 90 kundan ortiq turish zarur bo’lgan chet el fuqarosi uzoq muddatli viza ( yoki вид на жительство) rasmiylashtirishi lozim. 2010 yilning 5 aprelidan boshlab Evroparlament va Evropa Kengashi tomonidan yangi Regula kuchga kirgan. Unga ko’ra biron Shengen davlati tomonidan 1 yillik uzoq muddatli vizaga ega chet el fuqarosi 90 kun mobaynida boshqa Shengen davlatlari hududiga kirishu va undan chiqish huquqiga egadir.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir