SULTAN AHMET CAMİİ

Bugun Istanbulda joylashgan Sulton Ahmed jome’yi haqida ma’lumot beramiz.

Istanbuldagi Sarayburni yarim oroli Vizantiya Imperatorligining poytaxti bo’lgan paytlarda eng ko’rkam dahalardan biri bo’lgan. Bu dahada “To’pkapi” saroyi, “Ayasofiya” va yonginasida joylashgan “Sulton Ahmed” jome’yi kabi tarixiy asarlar qad rostlagan.

Xorijliklar Sulton Ahmed jome’ni “moviy jome’” deb ataydilar. Chunki, joem’ning osmono’par gumbazi va chinniga ishlangan chiroyli naqshlari moviy rangda ishlangan.

Me’mor Mehmed Og’a (1540— 1620) tomonidan qurilgan jome’ katta qubbaga ega bo’lib, oldi tomonida baland minoralar joylashgan. Minoralar atrofida esa, kichik peshayvonlar bor. Jome’ ichidagi devorlar, yashil, oq va havo rangdagi koshinlar bilan bezalgan bo’lib, gilamni eslatib turadi. Derazalardan tushgan nur rangdor bezaklarda jilolanib, kishi diliga orom bag’ishlaydi. Minoraning qubbalari ko’kka tutashib ketganday tuyuladi. Sulton Ahmed jome’yi turk me’morchiligi tarixida alohida o’rin egallaydi.

Usmoniylar dunyoga hukmdor bo’lgan davrlarda 1609 yili Podsho Sulton Ahmed Istanbulning har tomonidan ko’rinib turadigan tepalikda tarixiy Vizantiya saroyi o’rnida salobatli jome’ qurilishi uchun me’mor Mehmet Og’aga buyruq beradi. Jome’ning qurilishi uzoq yillar davom etadi va 1617 yili yakunlanib, xizmatga topshiriladi. Muhtasham jome’ o’sha kundan beri Istanbulning eng mashhur jome’lari sifatida xalqqa xizmat berib kelmoqda.

Sulton Ahmed jome’yiga uch tomondan kirish mumkin. Jome’ning hovlisiga kirilganda o’rtasidagi shaloladan suv oqib turganining guvohi bo’lasiz. Jome’ning haybati ko’rganlarning diqqatini o’ziga jalb qiladi. Ustunlaridagi bezaklar, o’yib ishlangan naqshlar insonni hayratga soladi.

Hovlidan ichkariga kirar ekansiz, jome’ning asosiy eshigiga duch kelasiz. Eshikdan ichkariga kirishingiz bilan sizni go’yo moviy rang chulg’ab oladi. Manzara shunaqangi chiroyliki, ko’rganni hayratga soladi. Jome’ning 4 tomonida joylashgan 260 ta derajadan quyosh nuri tushib turadi.

Jome’ning ichidagi eng muhim narsa noziklik bilan marmardan o’yib yasalgan mehroblardir. Bir-biriga ulanib ketgan devorlar chinni bilan qoplangan. Mehrobning yonida xashamatli qilib bezatilgan minbar joylashgan. Jome’ olomonga to’lib toshgan bo’lishiga qaramay imomning ovozi barchaga bemalol eshitilib turadigan shaklda loyihalashtirilgan.

Jome’ning devorlarida, chinni qubbalarida arabcha yozilgan duolarni uchratish mumkin. Jome’ning devorlariga qoplangan chinnilar Iznirdan keltirilgan. Undagi yozuvlar esa, davrning mashhur hattotlaridan biri diyarbakirlik Sayid Qosim Gubari tomonidan yozilgan. Derazalardagi bezaklar esa, Venetsiyadan keltirilgan. Kunimizda zamonaviy bezaklar bilan o’zgartirilgan. Usmoniy san’atining eng nodir namunalari jome’ning har tomonida insonni o’ziga rom qiladi.

Istanbulga kelgan turistlarning deyarli barchasi Sulton Ahmed jome’yini mutlaqo ziyorat qiladilar. Jome’ har yili yuzlab turistlarni o’ziga jalb qiladi.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir