TAŞKENT – ÖZBEKİSTANIN BAŞKENTI

O‘zbekiston poytaxti bo‘lmish Toshkent — betakror shahar.

Toshkentga bir kelgan odam yana kelishni niyat qiladi.

Odamzod ham, hatto qushlar ham tinch joyga, yaxshilik ko‘rgan joyi­ga intiladi. Toshkentga laylaklar qaytgani ham shundan aslida. Xastimom minoralari uzra ular qanot qoqadi. Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasida Laylak va turnalar, «O‘zbekiston» xalq­aro anjumanlar saroyi gumbazi uzra yana turnalar…

SONY DSC

Vaqt o‘tgan sayin odamlar ham, hayot ham, shaharlar ham o‘zgarib boraveradi. Bugungi Toshkent kechagi Toshkent emas.

Ko‘kchadan — Qo‘yliqqacha, Yunusoboddan — Do‘mbrobodgacha kezib chiqqan odam mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorliklarni xotirasiga sig‘dirolmaydi.

Bugungi keng va ravon ko‘chalar ilgari qanday ahvolda edi? Hozirgi muhtasham binolar o‘rnida nimalar bor edi?.. Poytaxtimiz markazida, Amir Temur xiyobonining kunchiqar tomonida qad rostlagan «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyini olib ko‘raylik. Erta tongda quyosh go‘yoki shu bino uzra shaharga nur taratib turgandek bo‘ladi. Tunda esa shahar bag‘ri — go‘yo yulduzlar charaqlagan osmon. Bu bino to‘lin oy misol shaharni yoritib turadi.

Bugun Toshkent — haqiqiy ma’noda O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. Bugun bu yerda oltmishdan ortiq elchixona hamda xalq­aro tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan.

Toshkent xalqaro aeroportidan dunyoning 40 dan ziyod shahriga «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyot­lari parvoz qilmoqda. Mamlakat kelajagi, taqdiri bilan bog‘liq qonunlar, qarorlar Toshkentda qabul qilinmoqda…

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Toshkentni «Tinchlik elchisi» sharafli nomiga munosib ko‘rgani, «Toshkent — islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilingani zamirida ham olam-olam ma’no bor.

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir